GLIAL-MG

GLIAL-MG

GLIAL-MG organizmda magniy yetishmovchiligni to'ldiruvchi, markaziy asab tizimini tinchlantiruvchi va yengil uyqu chaqiruvchi kompleks vosita. Uzoq muddat qabul qilinganda boshqa magniy tuzlariga xos bo'lgan qorin dam bo'lishi ich ketishi kabi nojo'ya ta'sirlar chiqarmaydi.

Qo'llashga ko'rsatmalar:
•Magniyning qo'shimcha manbai sifatida;
•Uyqu buzilishlarida, shu jumladan desinxronoz (vaqt mintaqalarining keskin o'zgarishi) kabi "uyqu-uyg'onish" ritmining buzilishi bilan bog'liq;
•Bosh miya qon aylanishining buzilishlaridan keyingi holatlar;
•Bosh miya jarohatlaridan keyingi holatlarda, miya qon-tomirlari ateroskelirozi;
•Alkogol ensefalopatiyasi va polinervitlar. Artelial gipertenziya bosh og'rig'i, bosh aylanishi va uyquning buzilishida;

Qo'llash tartibi: 1 kapsulada 1 mahal ovqatdan keyin, uyqudan 30-40 minut oldin yetarli miqdorda suv bilan qabul qilinadi. Zaruratga ko'ra takroriy muolaja kursini shifokor individual ravishda belgilaydi

Qo'llashga qarshi ko'rsatmalar: o'tkir jigar va buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik va laktatsiya davrida. 16 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Nojo'ya ta'sirlari: oshqozon-ichak traktiga vaqtinchalik yuzaga keluvchi salbiy xolatlar (oshqozondagi noxushlik, ko'ngil aynishi).