GEPO-7

GEPO-7

GEPO-7 - jigar va buyraklarni himoya qiluvchi, safro haydovchi, siydik haydovchi, kombinatsion vosita, Gepo - 7 buyraklarda va o't qopida tosh hosil bo'lishini oldini oladi. O't qopida hosil bo'lgan xolesterinli cho'kmalarni erituvchi kompleks vosita.

Qo'llashga ko'rsatmalar:
•Jigarning toksik shikastlanishi, surunkali gepatit, (kompleks terapiyaning bir qismi sifatida), gepatitdan keyin;
•Gipokinetik turdagi o't yo'llari diskineziyasi;
•Surunkali toshsiz xolesistit;
•Jigar sirrozi (kompleks terapiyaning bir qismi sifatida);
•Surunkali nefrit (kompleks terapiyaning bir qismi sifatida);
•Surunkali intoksikatsiyalarda (shu jumladan professional), giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni uzoq muddat iste'mol qilish oqibatida yuzaga keladigan zaharlanishlarni oldini olish maqsadida.

Qo'llash tartibi: Kattalarga 2 kapsuladan 3 mahal ovqatdan 20-30 minut oldin buyuriladi. Davolash kursi 2-4 hafta. 6 yoshdan oshgan bolalarga 1 kapsuladan 3 mahal ovqatdan oldin buyuriladi. Davolash kursi 2-4 hafta. Takroriy muolaja kurslarini shifokor individual ravishda belgilaydi.

Qo'llashga qarshi ko'rsatmalar: o't yo'llarining obstruktsiyasi; buyraklar, o't va siydik yo'llarining o'tkir kasalliklari; 6 yoshgacha bo'lgan bolalar; preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

Nojo'ya ta'sirlari: Juda kamdan-kam xollarda: oshqozon-ichak traktiga: vaqtinchalik yuzaga keluvchi salbiy xolatlar (yuqori dozalarda uzoq muddat qollanilganda diareya rivojlanishi), allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Nojo'ya belgilar paydo bo'lganida, preparat qa'bul qilishni to'xtatilib, shifokorga murojaat qiling.