FERR-26

FERR-26

FERR-26 - Anemiyaga qarshi temir saqlovchi kompleks vosita + Vitaminlar.

Qo'llashga ko'rsatmalar:
Temir tanqisligi anemiyasi: qon yo'qotishdan keyingi (menorragiya, oshqozon-ichaktraktidan surunkali qon ketish va boshqalarda);
Temirga ehtiyoj oshganda (homiladorlik, laktatsiya, intensiv o'sish davr., intensiv voyaga etish davri, ayniqsa qizlarda) - davolash va profilaktika maqsadida;
Oziq-ovqatda temir yetishmasligi yoki uning so'rilishining buzilishi (surunkali diareya, gija kasalligi);
Keksa va keksa yoshdagi bemorlarda temir tanqisligi kamqonligida.

Qo'llash tartibi: Kattalarga 1 kapsuladan kuniga 2 mahal ovqat bilan qabul qilinadi. Homiladorlik va laktatsiya davrida (emizish paytida) shifokor ko'rsatmasiga binoan tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish mumkin. 12-18 yosh oralig'idagi o'smirlar shifokor ko'rsatmasi bilan 1 kapsuladan 1 maxal-ovqat bilan qabul qilinadi. Zaruratga ko'ra takroriy muolaja kursini shifokor individual ravishda belgilaydi.

Qo'llashga qarshi ko'rsatmalar: Temir fumaratga nisbatan individual yuqori sezuvchanlik: organizmda temir to'planishi bilan kechuvchi kasalliklar (aplastik va gemolitik anemiya, talassemiya, gemosideoz, gemoxromatoz): temir o'zlashtirilishinining buzilishi (sideroaxrestik anemiya, qorg'oshin anemiyasi); temir tanqisligi bilan bog'liq bo'lmagan anemiya.